Toshkent avtovokzalidagi avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi

© Transport boshqarmasi matbuot xizmatiToshkent avtovokzali
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Avtobuslar harakati yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekor qilindi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Bugundan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtobuslar harakati respublikada kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekor qilindi.

"Yo‘nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Toshshahartransxizmat" noqulay ob-havo sharoitida ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.
Xabarda ob-havoning keskin o‘zgargani, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli, barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0