Ozarbayjonlik akademik "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

© DunyoAzerbaydjanskiy akademik nagrajden ordenom "Drujbi" Uzbekistana
Azerbaydjanskiy akademik nagrajden ordenom Drujbi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti avgust oyida Ozarbayjon Fanlar akademiyasi akademigini mukofotlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi (OMFA) akademigi Shaxin Mustafayev O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Akademikni taqdirlash marosim OMFA rayosati binosida o‘tkazilgan. Unda Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Isa Gabibbeyli, prezidium vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Elchi Bahrom Ashrafxonov O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik rishtalari tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Joriy yildagi oliy darajadagi ikki tomonlama hamkorlik madaniy-gumanitar, shu jumladan, adabiy aloqalarni ham yangi bosqichga ko‘targani alohida qayd etildi.
O‘z nutqi yakunida Bahrom Ashrafxonov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-avgustdagi Farmonini o‘qib eshittirdi va “Do‘stlik” ordenini Shaxin Mustafayevga tantanali ravishda topshirdi.
Akademik Shaxin Mustafayev o‘z nutqida Samarqand shahrida YuNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti rahbari bo‘lib faoliyat yuritganini qayd etdi.
“Men Samarqand shahrida 6-yil davomida YuNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti rahbari bo‘lib faoliyat yuritganman. O‘zbek xalqining boy va qadimiy madaniyatiga hamisha mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lganman. O‘zbekistonda faoliyatim yillarida bu mamlakat xalqining talanti, mehnatsevarligi va vatanparvarligiga guvoh bo‘ldim, ularning orasida do‘stlarim ham bor. O‘zbekistonni ikkinchi Vatanim, deb bilaman va o‘zbeklar yurtiga qayta-qayta borishni istayman”, deydi olim.
U yuksak mukofot Xalqaro turk akademiyasining yangi prezidenti sifatida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga katta turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0