Mirishkor tumaniga prokuror tayinlandi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Viloyat prokurorining yordamchisi tumanga prokuror bo‘ldi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevning buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida prokuror o‘zgardi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bosh prokuror buyrug‘iga asosan adliya kichik maslahatchisi Sardor Azamatovich Nazarov Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.
Nazarov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0