Kripto-aktivlarni chiqarish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovSuvenirnie moneti s logotipami kriptovalyuti bitkoin
Suvenirnie moneti s logotipami kriptovalyuti bitkoin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Respublika hududida rezidentlar tomonidan chiqarish taqiqlangan kripto-aktivlar ham belgilandi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan O‘zbekiston rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Hujjatga muvofiq, emitent kripto-aktivlarni, jismoniy shaxslar esa faqat o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni kripto-depozitariy yoki boshqa elektron platformalar orqali chiqarishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘zaro o‘zgarmas token — moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan ta’minlanmagan, mulkdorning raqamli shakldagi noyob kontentga (matn, audiovizual, musiqiy, fotografik asarlar, shuningdek tasviriy san’at asarlari va boshqalar) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi kripto-aktivning alohida turi.
Respublika hududida quyidagi kripto-aktivlarni rezidentlar tomonidan chiqarish va kripto-depozitariy tomonidan chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi:
biror-bir moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan ta’minlanmagan tokenlar (utilitar tokenlardan tashqari);
barqaror tokenlar.
Ma’lumot uchun, utilitar token — emitentning ekotizimida smart-kontrakt bilan belgilangan harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, shu jumladan qiymatiga ega o‘lchov birligi sifatida ifodalangan ta’minlanmagan tokenning turi. Barqaror token — qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng bo‘lgan ta’minlangan tokenning turi.
Kripto-aktivlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uning dastlabki joylashtirilishidan bir oy oldin emitentning rasmiy veb-saytida yoki boshqa axborot resursida e’lon qilinishi lozim.
Kripto-aktivlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat kripto-depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Kripto-aktivlar egasi emitent tomonidan chiqarilgan jami kripto-aktivlarning 35 foiz va undan ortig‘ini sotib olgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishi lozim.
Shuningdek nizom bilan kripto-aktivlarni muomalaga kiritish,turli xil tokenlarni chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari va elektron reyestrni yuritish tartibi belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0