Yil oxirigacha yana qancha talaba turar joy bilan ta’minlanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObshejitie dlya studentov tashkentskogo MIFI
Obshejitie dlya studentov tashkentskogo MIFI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
Joriy yil oxirigacha 13 024 o‘ringa mo‘ljallangan 26 ta yotoqxona foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Yil oxiriga qadar respublika bo‘yicha 20 990 o‘rin yaratilib, talabalar turar-joylarining umumiy sig‘imi 112 441 o‘ringa yetkaziladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Farrux Fayziyev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hukumat oldida davlat-xususiy sheriklik asosida 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar-joyini qurish vazifasi turibdi. Joriy yil oxirigacha 13 024 o‘ringa mo‘ljallangan 26 ta yotoqxona foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Tashkent Index” majmuasida 3 000 o‘rinli yotoqxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yana 4 966 ta turar-joy universitetlarning o‘zlari tomonidan tashkil etilgan. Shutarzda, yil oxirigacha talabalar uchun 20 990 ta yangi o‘rinlar yaratiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uy-joyga muhtoj talabalarning 47 foizi yotoqxonadan joy bilan ta’minlangan.
Hozirda bir talaba uchun bir joyning narxi 40-50 million so‘mni tashkil etadi, ya’ni 400 o‘rinli bitta talabalar turar-joyini qurish uchun 20 milliard so‘mga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi.
Avvalroq, ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab berilishi haqida xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0