Rossiyadan O‘zbekistonga nimalar import qilinmoqda
10:18 04.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
Obuna bo‘lish
Rossiyadan eng ko‘p margarin mahsulotlari va o‘simlik yog‘i import qilingan.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmini e’lon qildi.
Ular quyidagilar:
margarin mahsulotlari – 97,1 ming tonna;
o‘simlik yog‘i – 34,4 ming tonna;
kakao va shokolad – 26,3 ming tonna;
bug‘doy – 21,1 ming tonna;
kartoshka – 15 ming tonna;
bug‘doy uni – 12,5 ming tonna;
sut mahsulotlari – 11,7 ming tonna;
parranda go‘shti – 4,5 ming tonna;
baliq va dengiz mahsulotlari – 4 ming tonna.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd dollarga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Rossiya importda yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lgan (24,1 foiz).