Koronavirusga chalinayotgan bemorlar soni 160 nafardan oshdi

© REUTERSTest na koronavirus
Test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi sutkada koronavirusga chalingan bemorlar soni 160 nafardan oshdi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Kecha, 3-dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 162 nafarni tashkil etdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 1 nafari Andijon viloyatida;
• 7 nafari Buxoro viloyatida;
• 4 nafari Jizzax viloyatida;
• 1 nafari Navoiy viloyatida;
• 10 nafari Namangan viloyatida;
• 10 nafari Samarqand viloyatida;
• 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 7 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 6 nafari Xorazm viloyatida;
• 20 nafari Toshkent viloyatida;
• 89 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus “omikron” shtammining VA.5 subvarianti dominant versiyaga aylangan. BA.5 subvariantining yashirin davri boshqa shtammlar singari 5-6 kun emas, 2-3 kunni tashkil etapti.
Uning asosiy belgilari: tomoq og‘rig‘i; tana haroratining gektik (41 darajagacha) ko‘tarilishi; bosh va mushaklarda kuchli og‘riq; holsizlik; uyquchanlik; konyuktivit (10 foiz holatda); rint va tonzilit (40 foiz holatda); otit (10 foiz holatda); diareya (10 foiz holatda) yuzaga kelishi kuzatilmoqda.
Shuningdek, ba’zi hollarda kuchli va xurujli yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq, nafas qisishi va havo yetishmaslik belgilari yuzaga kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0