TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kecha, 3-dekabr kuni, "Cobalt" avtomobillari bilan taqdirlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati ma’lum qildi.Taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Odil Abdurahmanov, sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi vakillari ishtirok etishdi.Rasmiylar terma jamoaning qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan yana bir bor qutlab, ulardan kelgusida ham ulkan g‘alabalar kutib qolishlarini bildirdi. Shuningdek, amputant futbolchilarning bunday rag‘batlantirilishi O‘zbekistondagi boshqa imkoniyati cheklanganlarning ham sport bilan shug‘ullanishi uchun katta motivatsiya bo‘lishi alohida ta’kidlandi.Shundan so‘ng sportchilarga avtomobillar tantanali ravishda topshirildi. Futbolchilar davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishga va’da berdi.Eslatib o‘tamiz, Turkiyada bo‘lib o‘tgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasi 4:2 hisobida mag‘lub etildi. Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchishdi. Chorak finalda esa Italiya 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. Yarim finalda terma jamoa Turkiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, finaldan mahrum bo‘lishgandi.O‘zbekiston amputantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.
Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan amputant futbolchilarga "Cobalt" topshirildi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kecha, 3-dekabr kuni, "Cobalt" avtomobillari bilan taqdirlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Odil Abdurahmanov, sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi vakillari ishtirok etishdi.
Rasmiylar terma jamoaning qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan yana bir bor qutlab, ulardan kelgusida ham ulkan g‘alabalar kutib qolishlarini bildirdi. Shuningdek, amputant futbolchilarning bunday rag‘batlantirilishi O‘zbekistondagi boshqa imkoniyati cheklanganlarning ham sport bilan shug‘ullanishi uchun katta motivatsiya bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng sportchilarga avtomobillar tantanali ravishda topshirildi. Futbolchilar davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada bo‘lib o‘tgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasi 4:2 hisobida mag‘lub etildi.
Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchishdi. Chorak finalda esa Italiya 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. Yarim finalda terma jamoa Turkiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, finaldan mahrum bo‘lishgandi.
O‘zbekiston amputantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.