https://oz.sputniknews.uz/20221204/aqsh-ukrainaga-yordamni-keskin-qisqartirishi-mumkin--oav--30480519.html
AQSh Ukrainaga yordamni keskin qisqartirishi mumkin – OAV
AQSh Ukrainaga yordamni keskin qisqartirishi mumkin – OAV
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Mudofaa vazirligi rasmiylari Ukrainaga yordam berishdan tortib, yangi B-21 bombardimonchilarini olish muammolarigacha bo‘lgan jiddiy oqibatlar ro‘yxatini tuzdi. 04.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-04T17:58+0500
2022-12-04T17:58+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
jo bayden
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24969052_0:158:1024:734_1920x0_80_0_0_2eb214670b8c0eee50a4861f92adfb2d.jpg
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Agar AQSh hukumati to‘laqonli harbiy budjet o‘rniga bir yilga moliyalashtirish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilsa, Ukrainaga yordam kamayishi mumkin. Bu haqda “Politico” nashri maqolasida yozilgan.Ta’kidlanishicha, rezolyutsiya Pentagonning moliyalashtirilishini 29 milliard dollarga yoki prezident Jo Baydenning 2023 moliya yili uchun so‘rovidan 3,7 foizga qisqartiradi.Qayd etilishicha, agar Kongress vaqtinchalik moliyalashtirish haqida qaror qabul qilsa, bu bahordayoq Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkin.Bahorda Kongress Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam sifatida qariyb 40 milliard dollar ajratdi, oktabroyida esa Bayden Kiyev uchun yana 12,4 milliard dollar ajratilishini ko‘zda tutuvchi muvaqqat hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Shu fonda Qo‘shma Shtatlar va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyev rejimiga o‘nlab milliard dollarlik qurol-yarog‘ yuborishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24969052_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_32b92de3a2a92d23a93ea38546e1a14a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, jo bayden, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, jo bayden, rossiya
AQSh Ukrainaga yordamni keskin qisqartirishi mumkin – OAV
17:58 04.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) AQSh Mudofaa vazirligi rasmiylari Ukrainaga yordam berishdan tortib, yangi B-21 bombardimonchilarini olish muammolarigacha bo‘lgan jiddiy oqibatlar ro‘yxatini tuzdi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Agar AQSh hukumati to‘laqonli harbiy budjet o‘rniga bir yilga moliyalashtirish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilsa, Ukrainaga yordam kamayishi mumkin. Bu haqda “Politico” nashri maqolasida
yozilgan.
“AQSh Mudofaa vazirligi rasmiylari, agar harbiylar tarixda birinchi marta bir yillik vaqtinchalik moliyalashtirish akti bo‘yicha harakat qilishga majbur bo‘lsa, Ukrainaga yordam berishdan tortib, yangi B-21 bombardimonchilarini olish muammolarigacha bo‘lgan jiddiy oqibatlar ro‘yxatini tuzdi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, rezolyutsiya Pentagonning moliyalashtirilishini 29 milliard dollarga yoki prezident Jo Baydenning 2023 moliya yili uchun so‘rovidan 3,7 foizga qisqartiradi.
Qayd etilishicha, agar Kongress vaqtinchalik moliyalashtirish haqida qaror qabul qilsa, bu bahordayoq Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkin.
Bahorda Kongress Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam sifatida qariyb 40 milliard dollar ajratdi, oktabroyida esa Bayden Kiyev uchun yana 12,4 milliard dollar ajratilishini ko‘zda tutuvchi muvaqqat hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Shu fonda Qo‘shma Shtatlar va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyev rejimiga o‘nlab milliard dollarlik qurol-yarog‘ yuborishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.