Pantone instituti 2023-yilning asosiy rangini e’lon qildi

© PantoneInstitut Pantone obyavil glavniy svet 2023 goda
Institut Pantone obyavil glavniy svet 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Kelgusi yilning rangi “kuchli, qo‘rqmas va ilhomlantiruvchi” ekanligi ta’kidlangan.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Pantone rang instituti "Pantone 18-1750 Viva Magenta" – karmin qizilni 2023-yilning asosiy rangi deb e’lon qildi.
“Pantone 18-1750 Viva Magenta qizil ranglilar oilasidan kelib chiqqan va koshenilning (hasharot turi) qizil rangidan ilhomlangan”, deydi institutning ijrochi direktori Leatris Eyzeman.
Kelgusi yilning rangi “kuchli, qo‘rqmas va ilhomlantiruvchi” ekanligi ta’kidlangan.
“Bu sof quvonchdan zavqlanuvchi, tajriba va o‘zini cheksiz ifoda etishga undovchi yangi qizil rang”, deyiladi xabarda.
Pantone versiyasi bo‘yicha yil rangini tanlash jarayoni tendensiyalar tahlilini talab qiladi. Mutaxassislar yangi rangli yechimlarni izlash uchun dunyoni o‘rganadi - bu ko‘ngilochar va kino sanoati, san’at to‘plamlari va yangi rassomlar, moda, dizaynning barcha sohalari, mashhur sayohat yo‘nalishlari, shuningdek, butun sayyora hayotidagi yangi jarayonlarni va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Pantone versiyasi bo‘yicha yil rangi ko‘plab sohalarda, jumladan, moda, uy jihozlari va sanoat dizayni, shuningdek, mahsulotni qadoqlash va grafik dizayn kabi mahsulotlarni ishlab chiqish va sotib olish qarorlariga ta’sir qiladi.
Yangiliklar lentasi
0