Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Biz, O‘zbekiston tovarlari YeOII standartlariga mos kelishidan manfaatdormiz – Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin. Arxivnoe foto
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston tovarlari Yevroosiyo standartlariga mos kelishidan manfaatdor. Bu haqida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
"Biz, kelgusida hamkorlikda ish olib borish uchun O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan aloqalarini chuqurlashtirish zarur, deb hisoblaymiz.
Bozor sig‘imi, iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘lanishining sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyati bo‘yicha Ittifoq yetakchi mintaqaviy integratsiya birlashmalaridan biri hisoblanadi. U 190 millionga yaqin iste’molchiga ega. Ayni damda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu yangi iqtisodiy ufqlar ochadi.
To‘liq huquqli a’zo bo‘lish esa - yangi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsion aloqalarni rivojlantirish uchun kuchli turtki beradi.
Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xavfsizligi va sifatiga jiddiy e’tibor beramiz. Buni ta’minlash uchun Yagona texnik reglamentlar tizimi ishlab chiqilgan. Uning dunyoda muqobili yo‘q. Biz O‘zbekiston mahsulotlari ham Yevroosiyo yuqori standandartlariga kafolatlangan ravishda mos kelishidan manfaatdormiz", - dedi Mishustin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bosh vazir Abdulla Aripov bilan birgalikda Samarqand shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi, hamda Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumining yalpi majlisida so‘zga chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0