https://oz.sputniknews.uz/20221201/sankt-peterburg-va-toshkent-turizm-sohasida-hamkorlik-qiladi-30397224.html
Sankt-Peterburg va Toshkent turizm sohasida hamkorlik qiladi
Sankt-Peterburg va Toshkent turizm sohasida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Kelishuv doirasida professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, marketing va mehmondo‘stlik sanoati mahsulotlarini ilgari surish... 01.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-01T09:59+0500
2022-12-01T09:59+0500
2022-12-01T09:59+0500
turizm
toshkent
sankt-peterburg
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30379305_0:162:3066:1887_1920x0_80_0_0_6dfcac471777883e7257fe686e8bdd32.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Sankt-Peterburg shahar Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.Hamkorlik shartnomasi “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida imzolandi.Bu yil yarmarka homiylar ko‘magida ilk bor o‘tkazilmoqda. Sankt-Peterburg ko‘rgazma hamkorlaridan biriga aylandi.Yarmarkada Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi, xorijiy va xalqaro sayyohlik tashkilotlari va agentliklari vakillari ishtirok etmoqda.Tadbir doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 15 dan ortiq davlatning milliy stendlari ishtirokida xalqaro ko‘rgazma tashkil etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30379305_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_97ad0193bd76e7f76d1217a2c0eb7816.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, toshkent, sankt-peterburg
turizm, toshkent, sankt-peterburg
Sankt-Peterburg va Toshkent turizm sohasida hamkorlik qiladi
Kelishuv doirasida professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, marketing va mehmondo‘stlik sanoati mahsulotlarini ilgari surish sohasini rivojlantirish ishlari olib boriladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Sankt-Peterburg shahar Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Hamkorlik shartnomasi “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida imzolandi.
“Kelishuv doirasida turizm industriyasi subyektlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, guruh va individual turlar tashkil etishga ko‘maklashish, professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, marketing va mehmondo‘stlik sanoati mahsulotlarini ilgari surish sohasini rivojlantirish ishlari olib boriladi”, deydi Sankt-Peterburg vakili Mariya Pomazanova.
Bu yil yarmarka homiylar ko‘magida ilk bor o‘tkazilmoqda. Sankt-Peterburg ko‘rgazma hamkorlaridan biriga aylandi.
Yarmarkada Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi, xorijiy va xalqaro sayyohlik tashkilotlari va agentliklari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 15 dan ortiq davlatning milliy stendlari ishtirokida xalqaro ko‘rgazma tashkil etildi.