Para suzish: O‘zbekistonlik sportchilar Misrda 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Para suzish bo‘yicha Qohira ochiq chempionati
Para suzish bo‘yicha Qohira ochiq chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Terma jamoaning Qohira ochiq chempionatida qo‘lga kiritgan medallari soni 3taga yetdi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar para suzish bo‘yicha Qohira ochiq chempionatida 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida para suzish bo‘yicha Qohira ochiq chempionati o‘tkazilmoqda.
Erkaklar o‘rtasida S6 klassida 50 metrga batterflyay usulda suzish bahslarida Sardor Baxtiyorov 37.63 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bu sportchining musobaqadagi ikkinchi medali bo‘ldi. U bundan oldin 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, ayollar S6 klassida 50 metrga batterflyay usulda suzish bahslarida Azizaxon Karimova 1 daqiqa 23 soniya natija bilan navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, terma jamoaning Qohira ochiq chempionatida qo‘lga kiritgan medallari soni 3taga yetdi - 1 ta kumush va 2 ta oltin.
Yangiliklar lentasi
0