https://oz.sputniknews.uz/20221201/myunxen-konferentsiyasi-xolisligini-yoqotdi--rossiya-tiv-30409025.html
Munxen konferensiyasi xolisligini yo‘qotdi – Rossiya TIV
Munxen konferensiyasi xolisligini yo‘qotdi – Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘z obyektivligini yo‘qotgan Munxen konferensiyasiga qiziqish qolmadi. 01.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-01T15:56+0500
2022-12-01T15:56+0500
2022-12-01T15:56+0500
rossiya
rossiya tiv
xalqaro konferensiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1c/15277361_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_f48cc031f8a79d8d76fd304fdca4113e.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi hatto taklif qilingan taqdirda ham bo‘lajak Munxen konferensiyasi-2023 da qatnashmoqchi emasdi, Rossiyaning o‘z xolisligini yo‘qotgan forumga qiziqishi qolmagan. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ma’lum qilishgan.Vazirlikda Munxen xavfsizlik konferensiyasi (MXK) raisi Kristof Xoysgenning rossiyalik rasmiylar 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan MXK yig‘ilishiga taklif etilmasligini va “Rossiyaning kelajagini” "Rossiya muxolifati va surgun qilinganlari rahbarlari bilan muhokama qilishini ta’kidlagan “tvitiga” e’tibor qaratishgan.Departament, “muloqotdan bosh tortish, Moskva nuqtayi nazarini eshitishni va Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropa qit’asidagi eng og‘ir inqirozni bartaraf etishning ehtimoliy variantlarini muhokama qilishni istamaslik yoki qo‘rqish bir vaqtlar “janob Xoysgen” bo‘lgan diplomat uchun noodatiy fazilatlardir”, degan fikrda.Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, “Munxen konferensiyasining amaldagi raisi bunday bayonotlari va xatti-harakatlari bilan bir vaqtlar hurmatga sazovor bo‘lgan ushbu muhokama forumini yanada obro‘sizlantirapti”.Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, “shu va boshqa sabablarga ko‘ra avvalroq Munxen konferensiyasi yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortishga qaror qilgan”.TIVga ko‘ra, G‘arb davlatlarining Rossiyaga nisbatan qarama-qarshi siyosati, uni muloqotdan chetlashtirishga urinishlari, umuman olganda, Yevropada Rossiyasiz xavfsizlik arxitekturasini qurish umumiy qit’ada bo‘linishni chuqurlashtiradigan yangi keskinlik chiziqlarini keltirib chiqaradi. Bu yevropaliklarning asosiy manfaatlariga javob bermasligi aniq.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1c/15277361_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_61636177ea8030140b8303aeb7188a75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, rossiya tiv, xalqaro konferensiya
rossiya, rossiya tiv, xalqaro konferensiya
Munxen konferensiyasi xolisligini yo‘qotdi – Rossiya TIV
Rossiyada o‘z obyektivligini yo‘qotgan Munxen konferensiyasiga qiziqish qolmadi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi hatto taklif qilingan taqdirda ham bo‘lajak Munxen konferensiyasi-2023 da qatnashmoqchi emasdi, Rossiyaning o‘z xolisligini yo‘qotgan forumga qiziqishi qolmagan. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligida
ma’lum qilishgan. Vazirlikda Munxen xavfsizlik konferensiyasi (MXK) raisi Kristof Xoysgenning rossiyalik rasmiylar 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan MXK yig‘ilishiga taklif etilmasligini va “Rossiyaning kelajagini” "Rossiya muxolifati va surgun qilinganlari rahbarlari bilan muhokama qilishini ta’kidlagan “tvitiga” e’tibor qaratishgan.
“Biz buni BMT Nizomi va YeXHTning 1975-yilda qabul qilingan ichki ishlarga aralashmaslik to‘g‘risidagi Xelsinki yakuniy akti tamoyillarini ochiqdan-ochiq buzish deb bilamiz”, - deya ta’kidlashgan Rossiya TIVda.
Departament, “muloqotdan bosh tortish, Moskva nuqtayi nazarini eshitishni va Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropa qit’asidagi eng og‘ir inqirozni bartaraf etishning ehtimoliy variantlarini muhokama qilishni istamaslik yoki qo‘rqish bir vaqtlar “janob Xoysgen” bo‘lgan diplomat uchun noodatiy fazilatlardir”, degan fikrda.
Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, “Munxen konferensiyasining amaldagi raisi bunday bayonotlari va xatti-harakatlari bilan bir vaqtlar hurmatga sazovor bo‘lgan ushbu muhokama forumini yanada obro‘sizlantirapti”.
“Yana bir bor taassuf bilan aytishga majburmiz, so‘nggi yillarda Munxen konferensiyasi sof transatlantik forumga aylandi, o‘zining inklyuzivligi, xolisligi va uning minbaridan so‘zlayotgan ma’ruzachilarga teng masofani yo‘qotdi. Moskvada bu tadbirga qiziqish yo‘qoldi”, - deb qo‘shimcha qilishgan TIVda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, “shu va boshqa sabablarga ko‘ra avvalroq Munxen konferensiyasi yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortishga qaror qilgan”.
“Ushbu xalqaro munozara maydonchasida nimaga aylantirilganini inobatga olsak, Xoysgen Rossiyaning rasmiy vakillari, hatto ular taklif qilingan taqdirda ham ishtirok etishini kutishi shart emasdi”, - deyiladi xabarda.
TIVga ko‘ra, G‘arb davlatlarining Rossiyaga nisbatan qarama-qarshi siyosati, uni muloqotdan chetlashtirishga urinishlari, umuman olganda, Yevropada Rossiyasiz xavfsizlik arxitekturasini qurish umumiy qit’ada bo‘linishni chuqurlashtiradigan yangi keskinlik chiziqlarini keltirib chiqaradi. Bu yevropaliklarning asosiy manfaatlariga javob bermasligi aniq.