Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Federatsiya Kengashi Ukrainadan Zaporojye AESga hujumlarni to‘xtatishni talab qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishMissiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES
Missiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyalik senatorlar Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi agressiv harakatlarni to‘xtatishni talab qilishdi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi jahon mamlakatlari parlamentlari va parlamentlararo tashkilotlarga murojaat qabul qildi, unda Ukraina rahbariyatidan Zaporojye atom elektr stansiyasi (AES) va unga aloqador infratuzilmaga hujumlarni bas qilish talab qilingan.

“Federatsiya sayti Ukraina harbiy va siyosiy rahbariyatidan ZAES va unga tegishli muhim infratuzilmaga qilingan har qanday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiladi”, - deyiladi Federatsiya Kengashi yig‘ilishida qabul qilingan hujjatda.

Senatorlar, shuningdek, dunyo mamlakatlari parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlariga murojaat qilib, Kiyev hukumati siyosatini qoralab, Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi agressiv harakatlarni to‘xtatishni talab qilishgan.

“Agar bunday zarbalar davom etsa, nafaqat Rossiya va Ukraina, balki qo‘shni Yevropa davlatlari hududlariga ham ta’sir qiladigan keng ko‘lamli radiatsiyaviy zaharlanish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Ukrainaning ZAESga nisbatan xatti-harakatlarini vayronagarchilik va o‘limga olib keladigan yadroviy terrorizmdan boshqacha tavsiflash mumkin emas”, - deyiladi xabarda.

Hujjatda qayd etilishicha, Kiyev rejimi ZAESga zarba berib, uning xavfsiz ishlashiga tahdid solib, oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan texnogen falokat xavfini oshirib, “qo‘pol va mas’uliyatsiz provokatsiyalar”ni amalga oshirishdan to‘xtamaydi.
Shu bilan birga, senatorlarning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida, MAGATE organlarida va boshqa yirik xalqaro maydonlarda butun insoniyatga tahdid soluvchi buzg‘unchi harakatlar haqida bir necha bor bayonot bergan. Biroq qurollangan Ukraina neonatsistlari va xorijlik yollanma askarlarning ZAESga nisbatan harakatlari tegishli javobsiz qolmoqda, deyiladi murojaatda.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0