Xitoyning sobiq rahbari Szan Szemin vafot etdi

© AP Photo / Lee Jin-manSzan Szemin. Arxivnoe foto.
Szan Szemin. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Szan Szemin 1993-2003 yillarda Xitoy raisi lavozimida ishlagan.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasining sobiq raisi Szan Szemin 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Ma’lum qilishicha, Szan Szemin oqqon va ichki organlarning funsional yetishmovchiligidan aziyat chekkan.
“Szan Szemin 2022-yil 30-noyabr kuni Shanxaydagi mahalliy vaqt bilan soat 12:13 da vafot etdi”, - deyiladi xabarda.
Szan Szemin 1926-yil 17-avgustda Xitoyning Szansu provinsiyasida tavallud topgan. 1989-yil iyunidan 2002-yil noyabriga qadar Xitoy Kommunistik partiyasining markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimini egallagan. 1993-2003 yillarda Xitoy raisi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0