Rossiya va Eron kemasozlik va samolyotsozlik sohasida qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishib oldi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovFlag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve.
Flag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti rahbari Rossiya bilan qurilish va loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar doirasida prinsipial kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Eron va Rossiya energetika, kemasozlik va samolyotsozlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Eron sanoat, kon va savdo vaziri o‘rinbosari, Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti rahbari Alirizo Peymanpak ma’lum qildi.
Peymanpak va Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari Aleksandr Shoxin chorshanba kuni Rossiya-Eron ishbilarmonlik hamkorligi kengashini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi.

“Biz qurilish va loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar doirasida prinsipial kelishuvlarga erishdik”, - dedi Peymanpak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron tomoni “bu sohalarda loyihalarni faol amalga oshirish” niyatida.
Avvalroq Eron Rossiya bilan 300 million dollarlik avtomobillarini eksport qilish bo‘yicha memorandum imzolagani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar lentasi
0