https://oz.sputniknews.uz/20221130/ozbekistonda-qozoq-adibi-abay-qononboevning-merosi-kunlari-otkaziladi-30361310.html
O‘zbekistonda qozoq adibi “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” o‘tkaziladi
O‘zbekistonda qozoq adibi “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash hamda Qozog‘iston prezidentining Toshkentga bo‘lajak davlat tashrifi... 30.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-30T13:20+0500
2022-11-30T13:20+0500
2022-11-30T13:20+0500
madaniyat
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30361522_0:0:1814:1020_1920x0_80_0_0_b037a70fa61f3173b6cfcb9320bb2f9a.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekistonda “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.5-10 dekabr kunlari qozoq xalqining atoqli namoyondasi “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” bo‘lib o‘tadi.Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash hamda Qozog‘iston prezidentining Toshkentga bo‘lajak davlat tashrifi dasturini mazmunan boyitishdan iborat.“Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:Shu bilan birga, tadbir doirasida Toshkent, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Abay ijodiga bag‘ishlangan madaniy-ijodiy kechalar tashkil etiladi.Ma’lumot uchun, Abay 1845-yilda Qozog‘istonning Semey viloyatiga qarashli Ayako‘z tumanining Qorauy ovulida boy xonadonda tug‘ilgan. Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo tomonidan erkalanib, Abay deb chaqirilgan. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylangan.Abay o‘z ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy an’analarini davom ettirgan. U Navoiyni o‘zining buyuk ustozi deb bilgan. Abay "Iskandar", "Mas’ud" dostonlari, "Qorako‘z" falsafiy didaktik asari, "Qish", "Burgutchi", "Kuz" kabi she’rlari, "Azim kissasi" dostoni, "Naqliya so‘zlar" (44 hikoyatdan iborat) majmuasi va boshqa asarlar muallifi hisoblanadi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30361522_210:0:1570:1020_1920x0_80_0_0_fb6c6a32db1636062c4ce6bff45d00d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, qozog‘iston
O‘zbekistonda qozoq adibi “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” o‘tkaziladi
Tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash hamda Qozog‘iston prezidentining Toshkentga bo‘lajak davlat tashrifi dasturini mazmunan boyitish maqsadida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekistonda “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar
berdi. 5-10 dekabr kunlari qozoq xalqining atoqli namoyondasi “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash hamda Qozog‘iston prezidentining Toshkentga bo‘lajak davlat tashrifi dasturini mazmunan boyitishdan iborat.
“Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
Adib ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma (Semey shahridagi “Jidebay-Borili” davlat tarixiy-madaniy va adabiy yodgorlik muzey-qo‘riqxonasi bilan birgalikda);
Abay hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ijodiy kecha (O‘zbekistonning o‘rta va oliy o‘quv muassasalarida);
“Abay falsafasi va Markaziy Osiyo mutafakkirlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida);
“XIX asrda o‘zbek va qozoq mutafakkirlarining umumiy tarixiy-madaniy merosi va dunyoqarashini mustahkamlash va rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy konferensiya (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida).
Shu bilan birga, tadbir doirasida Toshkent, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Abay ijodiga bag‘ishlangan madaniy-ijodiy kechalar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Abay 1845-yilda Qozog‘istonning Semey viloyatiga qarashli Ayako‘z tumanining Qorauy ovulida boy xonadonda tug‘ilgan. Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo tomonidan erkalanib, Abay deb chaqirilgan. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylangan.
Abay o‘z ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy an’analarini davom ettirgan. U Navoiyni o‘zining buyuk ustozi deb bilgan. Abay "Iskandar", "Mas’ud" dostonlari, "Qorako‘z" falsafiy didaktik asari, "Qish", "Burgutchi", "Kuz" kabi she’rlari, "Azim kissasi" dostoni, "Naqliya so‘zlar" (44 hikoyatdan iborat) majmuasi va boshqa asarlar muallifi hisoblanadi.