O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining g‘oliblari aniqlandi

© Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi“Zakovat” intellektual turniri
“Zakovat” intellektual turniri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olib jamoa 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Ilk marta o‘tkazilgan ushbu yirik turnirda mamlakat bo‘ylab 4 mingga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etdi. Hududiy saralash bosqichlaridan so‘ng respublika final bosqichiga 42ta jamoa yo‘l oldi.
Shiddatli kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
2-o‘rin Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakillariga, 3-o‘rin ““Sodiq school” jamoasiga nasib etdi.
G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlandi:
1-o‘rin - 100 mln so‘m;
2-o‘rin - 60 mln so‘m;
3-o‘rin - 40 mln so‘m.
© Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi“Zakovat” intellektual turniri
“Zakovat” intellektual turniri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
“Zakovat” intellektual turniri
Yangiliklar lentasi
0