Lipesk kompaniyalari O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib beradi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaV "Uzekspotsentre" startovali odnovremenno tri mejdunarodnie vistavki — UzAgroExpo, UzProdExpo i InterRackExpo.
V Uzekspotsentre startovali odnovremenno tri mejdunarodnie vistavki — UzAgroExpo, UzProdExpo i InterRackExpo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha bir qancha shartnomalar imzoladi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkentdagi UzAgroExpo-2022 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida Lipesk viloyatining (Rossiya) sakkizta qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Bu haqda RIA Novosti viloyat gubernatori Igor Artamonovga tayanib xabar bergan.
Jumladan, parrandachilik uchun uskunalarni loyihalash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lipesk kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkorlarga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan.
Boshqa bir qator Lipesk ishbilarmonlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya, Erondan potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib bordi.
“Lipesk viloyati salmoqli salohiyatga ega. Biz xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqdamiz, mintaqaning xalqaro faoliyatini olib borishga intilamiz va eksportni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga harakat qilamiz”, dedi Artamonov.
UzAgroExpo–2022 ko‘rgazmasi O‘zbekistonda kuz mavsumi uchun eng yirik sanoat maydonchasi hisoblanadi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, o‘simlikchilik, chorvachilik, veterinariya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlash uchun uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar uning ishtirokchilari hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0