Futbolda adolat yo‘q – Eron terma jamoasi bosh murabbiyi

© Sputnik / Mixail Serbin / Mediabankka o‘tishGlavniy trener sbornoy Irana Karlush Keyrush v matche gruppovogo etapa chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Irana i Portugalii.
Glavniy trener sbornoy Irana Karlush Keyrush v matche gruppovogo etapa chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Irana i Portugalii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Jamoa haqiqatning yuziga tiq boqib, keyingi saralash bosqichiga yaxshiroq tayyorlanishi va yanada kuchli bo‘lib qaytadi - Keyrush.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida AQSh terma jamoasiga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, jamoasining orzusi chippakka chiqqanini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“El-Tumama” stadionida bo‘lib o‘tgan “V” guruhi uchrashuvi 1:0 hisobida Amerika jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Natijada AQSh guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi, birinchi o‘rinni Angliya jamoasi egalladi, Eron turnirni tark etdi.
“Orzu o‘ldi. Birinchi bo‘lim AQSh termasi tarafda bo‘ldi, ular o‘yinni bizdan ancha yaxshi boshladilar, o‘yinni tezroq va yaxshiroq nazorat qilishdi. Ular gol urishga haqli edi. Ammo ikkinchi bo‘limda buning aksi bo‘ldi. Afsuski, futbol doim gol urmagan jamoani jazolaydi. Biz gol ura olmadik va natija bilan jazolandik. Durang ham adolatli natija bo‘lardi. Lekin futbolda adolat yo‘q”, - deydi Keyrush.
Mutaxassis jamoa haqiqatning yuziga tiq boqib, keyingi saralash bosqichiga yaxshiroq tayyorlanishi va yanada kuchli bo‘lib qaytishi kerakligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0