https://oz.sputniknews.uz/20221130/artyomovsk---maxsus-operatsiya-va-natoning-eng-qaynoq-nuqtasi-30384140.html
Artyomovsk - maxsus operatsiya va NATOning eng qaynoq nuqtasi
Artyomovsk - maxsus operatsiya va NATOning eng qaynoq nuqtasi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaning Artyomovskdagi garnizoni tezkor qamal va to‘liq vayron bo‘lish holatiga yaqin, chunki Rossiya qo‘shinlarining ushbu va boshqa hududlardagi asosiy vazifasi... 30.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-30T22:22+0500
2022-11-30T22:22+0500
2023-04-05T18:42+0500
kolumnistlar
ukraina
nato
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30355015_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_738cbb3e7f915e44108367576926e24b.jpg
Boshqa tomondan Kiyev Baxmut(natsistlar tomonidan 2014-yilda Artyomovsk deb o‘zgartirilgan) “Ukraina uchun asosiy kurashning episentri”, ya’ni Rossiya maxsus harbiy operatsiyasining borishi, maqsadlari va salohiyati haqidagi noto‘g‘ri qarashlarda davom etmoqda. G‘arbda yanada oqilona baholashlar paydo bo‘ldi.DXR rahbari Denis Pushilin 28-noyabr kuni Rossiya qo‘shinlarining “bevosita Artyomovsk atrofida” muvaffaqiyatli harakatlanayotganini ma’lum qildi, va “operativ tarzda qurshab olish vaziyatiga yaqin qolganini” ni aytdi. “Aydar”* ukrain millatchilari bataloni qarshi hujumga o‘tishga urinib ko‘rdi, biroq katta yo‘qotishlar bilan ushlab turgan pozitsiyasidan ortga chekindi. 80 nafar millatchilar, bitta tank, uchta zirhli mashina, ikkita pikap yo‘q qilindi.O‘tgan sutkada Rossiya qo‘shinlari “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan uchta shaharga yaqin qishloqlar - Ozaranovka, Zelenopolye va Andreyevkani ozod qilishdi. Ushbu pozitsiyalar janubdan Artyomovskni qamrab olgan holda, Konstantinovka-Artyomovsk yo‘lida (Ukraina qo‘shinlari guruhi uchun asosiy ta’minot yo‘li) o‘t o‘chirish nazoratini o‘rnatib, muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi. Ukraina Qurolli Kuchlarining mustahkamlangan hududi vayron bo‘lmoqda, Kiyev rejimi har kuni bu yerda bir batalonni yo‘qotmoqda.Yomon ob-havo va toshqinlar zirhli transport vositalarini hujumlarda to‘liq ishlatishga imkon bermaydi va artilleriya Rossiya qo‘shinlarining asosiy zarba beruvchisiga aylanmoqda. Artilleriya “Orlan-10” uchuvchisiz razvedka komplekslari bilan hamkorlikda Ukraina qo‘shinlarining Artyomovsk ostonasidagi pozitsiyalarini vayron qilyapti.Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi vakili kecha xabar berdi: “Baxmut Ukraina uchun asosiy jang episentri bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda dushman... sutkasiga taxminan 180-200 artilleriya zarbalarini bermoqda”.Agar hissiyotlarga berilmay gapiradigan bo‘lsak - Rossiya qo‘shinlari va Rossiya snaradlarining hujum harakatlari Artyomovsk yaqinini UQK bo‘linmalari, Ukraina Milliy Gvardiyasi millatchi batalonlari va xorijiy yollanma askarlarning birodarlik qabristoniga aylantirmoqda. Ukraina qo‘shinlari tayyor rezervlar, aviatsiya va artilleriya qo‘llab-quvvatlovisiz imkonsiz holda qolishmoqda. Jarohatlangan UQK sutkalab tibbiy yordamni kutib qolishmoqda. Ma’lumki, Oliy Bosh qo‘mondon Valeriy Zalujniy prezident Vladimir Zelenskiyga Rossiyaning artilleriyadan o‘q otish taktikasining Ukraina Qurolli kuchlari uchun eng og‘ir oqibatlari haqida ma’lum qilgan, biroq Kiyev vaziyatga e’tibor bermayapti. Bundan tashqari, kecha Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATOdan Ukraina Qurolli kuchlari uchun “ertangi janglarga qarshi kurashadigan” qurollarni ishlab chiqarishni zudlik bilan ko‘paytirishni so‘radi. Albatta, Kiyev rejimi “g‘alabagacha” ya’ni so‘nggi ukrain askari qolguncha qurashish niyatida.Qish faslidagi ustuvor maqsadlarNATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Buxarestda Ukrainani alyansga qabul qilmasliklarini e’lon qilish uchun yig‘ilishdi. G‘arb Ukraina mojarosidan chindan ham charchadi. AQSh Ukrainaga 200 generator va dronlarga qarshi pulemotlar yubordi. Slovakiya Ukraina Qurolli Kuchlariga Sovetdan meros qolgan 30 ta piyoda jangovar mashinasi yubordi. Avvalroq Ukrainaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini mustamhkamlash uchun Britaniya va Fransiya ham o‘z “metallolom”larini yuborgan edi.Pulemotlar va zenikalar qanotli raketalarga qarshi samarasiz. 30 ta eski piyoda jangovar mashinalari taxminan bir haftada yonib kul bo‘ladi, va UQK uchun hech nimani o‘zgartirib bermaydi. Agar NATO mamlakatlari harbiy ishlab chiqarishni kuchaytiradigan bo‘lsa, RF maxsus harbiy operatsiya zonasida registrni adekvat tarzda buradi. Baribir maxsus operatsiya yakunlari nafaqat alyansning harbiy sanoat kompleksiga, balki Rossiyaning siyosiy irodasi, yuqori harbiy salohiyati, cheksiz resurslariga bog‘liq. Shubhasiz, Kiyev rejimi taqdiri fevraldayoq ma’lum bo‘lgan edi. (NATOning taqdiri hozircha noma’lum).Ukrainani denatsifikatsiyalish va demilitrazatsiyalash maqsadlarini hali hech kim bekor qilgani yo‘q. Va “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning kecha: “Bizning vazifamiz Baxmutning o‘zi emas, Ukraina armiyasini yo‘q qilish va uning jangovar salohiyatini kamaytirish. Bu boshqa yo‘nalishlarga ham ancha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun operatsiya “Baxmut go‘shtqiymalagichi” deb nomlandi”degani bejiz emas. Keyin esa - ko‘proq, Kiyevning va uning g‘arblik xo‘jayinlarining Rossiyaning barcha adolatli talablari va shartlarini bajarishi kerak bo‘ladi.Artilleriyaning "olov to‘lqini"dan so‘ng, (UQKning oldingi tomondagi ishchi kuchi va harbiy texnikasini yo‘q qilishning eng samarali taktikasi) yaqin kelajakda Rossiya qo‘shinlarining ustuvorligi Ukraina harbiy qo‘mondonlik tizimini va tegishli energetika va logistika obyektlarini yo‘q qilish bo‘lib qoladi. Rossiyaning energetika obyektlariga bir qator aniq zarbalaridan so‘ng, Ukrainaning energiya tanqisligi 30% ni tashkil etadi va oldinda bundan ham katta muammolar bor.Yaqin vaqtgacha Ukraina Qurolli Kuchlarining logistika markazlari ikkinchi darajali nishonlar bo‘lib kelgan, biroq 28-noyabr kuni Rossiya Havo kosmik kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Moiseyevka stansiyasiga hujum qildi va Ukrainaning 17-tank brigadasining ishchi kuchi va harbiy texnikasi to‘plangan joyga yuqori aniqlikdagi temir yo‘l transportiga yuklash paytida zarba berdi. Krivoy Rog yaqinidagi temir yo‘l liniyasida harakat uzoq vaqt davomida to‘xtatildi. Ehtimol, transport tugunlarini yo‘q qilish maxsus harbiy operatsiya uchun yangi ustuvor vazifaga aylanmoqda - Ukraina Qurolli Kuchlarining front chizig‘idagi bo‘linmalari qo‘shimcha kuchlar, og‘ir qurollar va o‘q-dorilarni olmasligi kerak.Amerikaning The National Interest nashri yozishicha, Kiyev jang maydonida Moskvaning noreal murosalarini kutib, o‘z holatiga yuqori baho bermoqda. Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, AQSh Ukraina mojarosidan allaqachon foyda ko‘rib bo‘lgan, va maqsadlarini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. UQK ning hujumi mojaroni faqat cho‘zadi, va bu ko‘p sarf-xarajat degani. Vashington Kiyev rejimi uchun qurollar pulini yillab to‘lamoqchi emas va Moskva bilan tinchlik muzokaralariga ko‘nadi.Nashr xabarida keltirilishicha, Oq uy va Pentagon rahbarlari Rossiyaning strategik qudrati va milliy manfaatlarini tahlil qilishmagan, RF strategik ustunliklarini - geografik chuqurligini, cheksiz tabiiy resurslar, yuqori ijtimoiy birdamlik va harbiy qudratni tez oshirish uchun muhim harbiy-sanoat salohiyatini tahlil qilmagan. Boshqa tomondan Moskva maxsus harbiy operatsiya vazifalarini hal qilish yo‘llarini tubdan o‘zgartirdi va “Rossiya milliy xavfsizligi ehtiyojlariga javob beradigan yangi hududiy status-kvo yaratishga” tayyor. The American Conservative nashri noyabr oxiridagi rus kuchlarining G‘arbiy strategik yo‘nalishlardagi yangi rus kuchlari 24-fevraldagi rus kuchlaridan katta fark qilmasligini aytishmoqda: “540 000 nafar rus harbiylari ... Kuchlar o‘sishda davom etmoqda va 1000 ta raketa artilleriya tizimlari, minglab taktik ballistik raketalar, qanotli raketalar va dronlar, 5000 zirhli jangovar mashinalar, shu jumladan 1500 tanklar, yuzlab boshqariladigan bombardimonchilar, hujumchi samolyotlar va vertolotlar bor”.Amerika nashrining prognozi: Rossiya yanada kuchli bo‘ladi va RF yangilangan Qurolli Kuchlari 1000 kilometrlik frontlar miqyosida strategik operatsiyalarga tayyor va chiniqqan holda Ukrainadagi urushdan chiqadi. Kiyevning Rossiyani G‘arb oldida taslim qiladigan “Kremldagi qandaydir ichki bo‘linish”, "maydan qo‘zg‘oloni" va “yangi hukumat” kelishiga bo‘lgan umidlari esa - navbatdagi bema’nilik. Bularning barchasi so‘nggi o‘n yillarda Ukraina siyosatining an’anasiga aylangan "qabrlar ustida raqs" tushish va bitta xatoni qayta-qayta takrorlashdan boshqa narsa emas. *“Aydar” - Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan ukrain millatchilarining ekstremistik tashkiloti.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30355015_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_c6c561004362c2b99b1fc7bee84293f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, ukraina, nato, aqsh, rossiya
kolumnistlar, ukraina, nato, aqsh, rossiya
Artyomovsk - maxsus operatsiya va NATOning eng qaynoq nuqtasi
22:22 30.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Ukrainaning Artyomovskdagi garnizoni tezkor qamal va to‘liq vayron bo‘lish holatiga yaqin, chunki Rossiya qo‘shinlarining ushbu va boshqa hududlardagi asosiy vazifasi Ukraina Qurolli Kuchlarini demilitarizatsiya qilish
Boshqa tomondan Kiyev Baxmut(natsistlar tomonidan 2014-yilda Artyomovsk deb o‘zgartirilgan) “Ukraina uchun asosiy kurashning episentri”, ya’ni Rossiya maxsus harbiy operatsiyasining borishi, maqsadlari va salohiyati haqidagi noto‘g‘ri qarashlarda davom etmoqda. G‘arbda yanada oqilona baholashlar paydo bo‘ldi.
DXR rahbari Denis Pushilin 28-noyabr kuni Rossiya qo‘shinlarining “bevosita Artyomovsk atrofida” muvaffaqiyatli harakatlanayotganini ma’lum qildi, va “operativ tarzda qurshab olish vaziyatiga yaqin qolganini” ni aytdi. “Aydar”* ukrain millatchilari bataloni qarshi hujumga o‘tishga urinib ko‘rdi, biroq katta yo‘qotishlar bilan ushlab turgan pozitsiyasidan ortga chekindi. 80 nafar millatchilar, bitta tank, uchta zirhli mashina, ikkita pikap yo‘q qilindi.
O‘tgan sutkada Rossiya qo‘shinlari “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan uchta shaharga yaqin qishloqlar - Ozaranovka, Zelenopolye va Andreyevkani ozod qilishdi. Ushbu pozitsiyalar janubdan Artyomovskni qamrab olgan holda, Konstantinovka-Artyomovsk yo‘lida (Ukraina qo‘shinlari guruhi uchun asosiy ta’minot yo‘li) o‘t o‘chirish nazoratini o‘rnatib, muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi. Ukraina Qurolli Kuchlarining mustahkamlangan hududi vayron bo‘lmoqda, Kiyev rejimi har kuni bu yerda bir batalonni yo‘qotmoqda.
Yomon ob-havo va toshqinlar zirhli transport vositalarini hujumlarda to‘liq ishlatishga imkon bermaydi va artilleriya Rossiya qo‘shinlarining asosiy zarba beruvchisiga aylanmoqda. Artilleriya “Orlan-10” uchuvchisiz razvedka komplekslari bilan hamkorlikda Ukraina qo‘shinlarining Artyomovsk ostonasidagi pozitsiyalarini vayron qilyapti.
Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi vakili kecha xabar berdi: “Baxmut Ukraina uchun asosiy jang episentri bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda dushman... sutkasiga taxminan 180-200 artilleriya zarbalarini bermoqda”.
Agar hissiyotlarga berilmay gapiradigan bo‘lsak - Rossiya qo‘shinlari va Rossiya snaradlarining hujum harakatlari Artyomovsk yaqinini UQK bo‘linmalari, Ukraina Milliy Gvardiyasi millatchi batalonlari va xorijiy yollanma askarlarning birodarlik qabristoniga aylantirmoqda. Ukraina qo‘shinlari tayyor rezervlar, aviatsiya va artilleriya qo‘llab-quvvatlovisiz imkonsiz holda qolishmoqda. Jarohatlangan UQK sutkalab tibbiy yordamni kutib qolishmoqda. Ma’lumki, Oliy Bosh qo‘mondon Valeriy Zalujniy prezident Vladimir Zelenskiyga Rossiyaning artilleriyadan o‘q otish taktikasining Ukraina Qurolli kuchlari uchun eng og‘ir oqibatlari haqida ma’lum qilgan, biroq Kiyev vaziyatga e’tibor bermayapti. Bundan tashqari, kecha Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATOdan Ukraina Qurolli kuchlari uchun “ertangi janglarga qarshi kurashadigan” qurollarni ishlab chiqarishni zudlik bilan ko‘paytirishni so‘radi. Albatta, Kiyev rejimi “g‘alabagacha” ya’ni so‘nggi ukrain askari qolguncha qurashish niyatida.
Qish faslidagi ustuvor maqsadlar
NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Buxarestda Ukrainani alyansga qabul qilmasliklarini e’lon qilish uchun yig‘ilishdi. G‘arb Ukraina mojarosidan chindan ham charchadi. AQSh Ukrainaga 200 generator va dronlarga qarshi pulemotlar yubordi. Slovakiya Ukraina Qurolli Kuchlariga Sovetdan meros qolgan 30 ta piyoda jangovar mashinasi yubordi. Avvalroq Ukrainaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini mustamhkamlash uchun Britaniya va Fransiya ham o‘z “metallolom”larini yuborgan edi.
Pulemotlar va zenikalar qanotli raketalarga qarshi samarasiz. 30 ta eski piyoda jangovar mashinalari taxminan bir haftada yonib kul bo‘ladi, va UQK uchun hech nimani o‘zgartirib bermaydi. Agar NATO mamlakatlari harbiy ishlab chiqarishni kuchaytiradigan bo‘lsa, RF maxsus harbiy operatsiya zonasida registrni adekvat tarzda buradi. Baribir maxsus operatsiya yakunlari nafaqat alyansning harbiy sanoat kompleksiga, balki Rossiyaning siyosiy irodasi, yuqori harbiy salohiyati, cheksiz resurslariga bog‘liq. Shubhasiz, Kiyev rejimi taqdiri fevraldayoq ma’lum bo‘lgan edi. (NATOning taqdiri hozircha noma’lum).
Ukrainani denatsifikatsiyalish va demilitrazatsiyalash maqsadlarini hali hech kim bekor qilgani yo‘q. Va “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning kecha: “Bizning vazifamiz Baxmutning o‘zi emas, Ukraina armiyasini yo‘q qilish va uning jangovar salohiyatini kamaytirish. Bu boshqa yo‘nalishlarga ham ancha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun operatsiya “Baxmut go‘shtqiymalagichi” deb nomlandi”degani bejiz emas. Keyin esa - ko‘proq, Kiyevning va uning g‘arblik xo‘jayinlarining Rossiyaning barcha adolatli talablari va shartlarini bajarishi kerak bo‘ladi.
Artilleriyaning "olov to‘lqini"dan so‘ng, (UQKning oldingi tomondagi ishchi kuchi va harbiy texnikasini yo‘q qilishning eng samarali taktikasi) yaqin kelajakda Rossiya qo‘shinlarining ustuvorligi Ukraina harbiy qo‘mondonlik tizimini va tegishli energetika va logistika obyektlarini yo‘q qilish bo‘lib qoladi. Rossiyaning energetika obyektlariga bir qator aniq zarbalaridan so‘ng, Ukrainaning energiya tanqisligi 30% ni tashkil etadi va oldinda bundan ham katta muammolar bor.
Yaqin vaqtgacha Ukraina Qurolli Kuchlarining logistika markazlari ikkinchi darajali nishonlar bo‘lib kelgan, biroq 28-noyabr kuni Rossiya Havo kosmik kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Moiseyevka stansiyasiga hujum qildi va Ukrainaning 17-tank brigadasining ishchi kuchi va harbiy texnikasi to‘plangan joyga yuqori aniqlikdagi temir yo‘l transportiga yuklash paytida zarba berdi. Krivoy Rog yaqinidagi temir yo‘l liniyasida harakat uzoq vaqt davomida to‘xtatildi. Ehtimol, transport tugunlarini yo‘q qilish maxsus harbiy operatsiya uchun yangi ustuvor vazifaga aylanmoqda - Ukraina Qurolli Kuchlarining front chizig‘idagi bo‘linmalari qo‘shimcha kuchlar, og‘ir qurollar va o‘q-dorilarni olmasligi kerak.
Amerikaning The National Interest nashri yozishicha, Kiyev jang maydonida Moskvaning noreal murosalarini kutib, o‘z holatiga yuqori baho bermoqda. Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, AQSh Ukraina mojarosidan allaqachon foyda ko‘rib bo‘lgan, va maqsadlarini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. UQK ning hujumi mojaroni faqat cho‘zadi, va bu ko‘p sarf-xarajat degani. Vashington Kiyev rejimi uchun qurollar pulini yillab to‘lamoqchi emas va Moskva bilan tinchlik muzokaralariga ko‘nadi.
Nufuzli The American Conservative jurnali shunday yozadi: ”Bayden ma’muriyati Amerika xalqiga haqiqatni aytishdan bosh tortmoqda: Ukraina bu urushda g‘alaba qozonmayapti, g‘alaba qozonmaydi ham”.
Nashr xabarida keltirilishicha, Oq uy va Pentagon rahbarlari Rossiyaning strategik qudrati va milliy manfaatlarini tahlil qilishmagan, RF strategik ustunliklarini - geografik chuqurligini, cheksiz tabiiy resurslar, yuqori ijtimoiy birdamlik va harbiy qudratni tez oshirish uchun muhim harbiy-sanoat salohiyatini tahlil qilmagan.
Natijada, Ukraina Amerika armiyasi demokratiya o‘rnatmoqchi bo‘lgan Vyetnam, Iroq, Afg‘oniston kabi vayronkor urushning muqobiliga aylangan. Va NATOning yevropalik a’zolari Vashingtonning urushda vositachilik qilishda ko‘proq xafsalalari pir bo‘lmoqda, chunki o‘z iqtisodlari va jamiyatlari uchun oqibatlarning og‘irligini his qilishmoqda, mag‘lubiyat va sharmandalkini his qilishmoqda.
Boshqa tomondan Moskva maxsus harbiy operatsiya vazifalarini hal qilish yo‘llarini tubdan o‘zgartirdi va “Rossiya milliy xavfsizligi ehtiyojlariga javob beradigan yangi hududiy status-kvo yaratishga” tayyor. The American Conservative nashri noyabr oxiridagi rus kuchlarining G‘arbiy strategik yo‘nalishlardagi yangi rus kuchlari 24-fevraldagi rus kuchlaridan katta fark qilmasligini aytishmoqda: “540 000 nafar rus harbiylari ... Kuchlar o‘sishda davom etmoqda va 1000 ta raketa artilleriya tizimlari, minglab taktik ballistik raketalar, qanotli raketalar va dronlar, 5000 zirhli jangovar mashinalar, shu jumladan 1500 tanklar, yuzlab boshqariladigan bombardimonchilar, hujumchi samolyotlar va vertolotlar bor”.
Amerika nashrining prognozi: Rossiya yanada kuchli bo‘ladi va RF yangilangan Qurolli Kuchlari 1000 kilometrlik frontlar miqyosida strategik operatsiyalarga tayyor va chiniqqan holda Ukrainadagi urushdan chiqadi.
Kiyevning Rossiyani G‘arb oldida taslim qiladigan “Kremldagi qandaydir ichki bo‘linish”, "maydan qo‘zg‘oloni" va “yangi hukumat” kelishiga bo‘lgan umidlari esa - navbatdagi bema’nilik. Bularning barchasi so‘nggi o‘n yillarda Ukraina siyosatining an’anasiga aylangan "qabrlar ustida raqs" tushish va bitta xatoni qayta-qayta takrorlashdan boshqa narsa emas.
*“Aydar” - Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan ukrain millatchilarining ekstremistik tashkiloti.