https://oz.sputniknews.uz/20221130/aqsh-bilan-munosabatlarda-qish--rossiya-tiv-30372390.html
AQSh bilan munosabatlarda "qish" – Rossiya TIV
AQSh bilan munosabatlarda "qish" – Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hech qachon muloqotdan bosh tortmagan, lekin muloqot bo‘lishi uchun u tomondagi sherikdan ham muvofiq munosabat talab qilinadi. 30.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-30T16:54+0500
2022-11-30T16:54+0500
2023-04-05T18:42+0500
siyosat
aqsh
rossiya tiv
muzokaralar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15934953_0:148:3117:1901_1920x0_80_0_0_b2b1b43377ffcefc495074fb6b4c025f.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. AQSh bilan strategik muloqot istiqbollari haqida gapirishga hali erta: rasmiy Moskva va Vashington o‘rtasidagi sovuq munosabatlar bunga yordam bermayapti. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.Yermakov, jiddiy suhbatdan oldin Vashington bu uchun “yetilishi” kerak, deb hisoblayapti.Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni “prinsipial jihatdan” hech qachon muloqotdan bosh tortmagan. Shu bilan birga, bu “boshqa tomondagi sherik”ning adekvat munosabatini talab qiladi.O‘tgan yil oxirida Rossiya AQSh bilan shartnoma va NATO bilan xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuv loyihalarini e’lon qilgandi. Moskva Ukrainaning blokga qo‘shilishdan va postsovet mamlakatlarida harbiy bazalar o‘rnatishdan sharqqa ittifoqni yanada kengaytirishdan bosh tortishning qonuniy kafolatlarini talab qildi. Takliflarda, shuningdek, NATOning zarba beruvchi qurollarini Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirmaslik va Sharqiy Yevropadagi ittifoq kuchlarini 1997-yilgi pozitsiyalarga olib chiqish to‘g‘risidagi band ham bor edi.Avvalroq AQShning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Elizabet Rud RIA Novosti agentligiga Vashington qurol-yarog‘ni nazorat qilish tarafdori ekanini ta’kidlab, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat sabab to‘xtatilgan strategik barqarorlik bo‘yicha Moskva bilan muloqotni qayta tiklash imkoniyatini kutayotganini ma’lum qilgandi.Moskva 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Prezident Vladimir Putin uning maqsadi Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15934953_193:0:2924:2048_1920x0_80_0_0_0a30d2db4bdcfab403f3ed3169424098.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, aqsh, rossiya tiv, muzokaralar, rossiya
siyosat, aqsh, rossiya tiv, muzokaralar, rossiya
AQSh bilan munosabatlarda "qish" – Rossiya TIV
16:54 30.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya hech qachon muloqotdan bosh tortmagan, lekin muloqot bo‘lishi uchun u tomondagi sherikdan ham muvofiq munosabat talab qilinadi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. AQSh bilan strategik muloqot istiqbollari haqida gapirishga hali erta: rasmiy Moskva va Vashington o‘rtasidagi sovuq munosabatlar bunga yordam bermayapti.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shunday fikr
bildirdi.
Yermakov, jiddiy suhbatdan oldin Vashington bu uchun “yetilishi” kerak, deb hisoblayapti.
“Vashingtonda bunday “yetilish” qachon yuz berishi mumkinligi haqida taxmin qilishdan unchalik ma’no ko‘rmayapman. Shuni ta’kidlab o‘tamanki, hozir “qish” nafaqat derazadan tashqarida, balki AQSh bilan munosabatlarimizda ham, va yilning bu vaqti, ma’lumki, o‘sish va yetilish jarayonlari uchun qulay emas”, - deydi diplomat.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni “prinsipial jihatdan” hech qachon muloqotdan bosh tortmagan. Shu bilan birga, bu “boshqa tomondagi sherik”ning adekvat munosabatini talab qiladi.
O‘tgan yil oxirida Rossiya AQSh bilan shartnoma va NATO bilan xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuv loyihalarini e’lon qilgandi. Moskva Ukrainaning blokga qo‘shilishdan va postsovet mamlakatlarida harbiy bazalar o‘rnatishdan sharqqa ittifoqni yanada kengaytirishdan bosh tortishning qonuniy kafolatlarini talab qildi. Takliflarda, shuningdek, NATOning zarba beruvchi qurollarini Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirmaslik va Sharqiy Yevropadagi ittifoq kuchlarini 1997-yilgi pozitsiyalarga olib chiqish to‘g‘risidagi band ham bor edi.
Avvalroq AQShning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Elizabet Rud RIA Novosti agentligiga Vashington qurol-yarog‘ni nazorat qilish tarafdori ekanini ta’kidlab, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat sabab to‘xtatilgan strategik barqarorlik bo‘yicha Moskva bilan muloqotni qayta tiklash imkoniyatini kutayotganini ma’lum qilgandi.
Moskva 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Prezident Vladimir Putin uning maqsadi Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.