O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston gaz ittifoqi tuzishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqi yoqilg‘i mahsulotlarini ham ichki foydalanuvchilarga ham uchinchi davlatlarga, jumladan Xitoyga yetkazib berishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya va O‘zbekiston bilan uch tomonlama ittifoq tuzish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Qozog‘iston rahbari Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda shunday bayonot berdi, deb yozadi RIA Novosti.
“Bugun Vladimir Vladimirovich uch tomonlama ittifoq tuzish zarurligi haqida gapirdi va u O‘zbekiston prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi. Biz ham bu mavzuni chuqur o‘rganishimiz kerak. Aslida, biz bunga tayyormiz. Nega yo‘q”, dedi u.
Keyinchalik, Qozog‘iston rahbari matbuot kotibining aniqlashicha, gap gaz ittifoqi haqida ketmoqda.
“Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi xalqaro majburiyatlarga muvofiq bir-birining hududlari orqali uchinchi davlatlarga energiya resurslarini tranzit qilish uchun qulay texnik-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratishda davom etadi”, deyiladi deklaratsiyada.
Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqi orqali yoqilg‘i ham ichiki foydalanuvchilarga ham Xitoyga yetkazib berilishi mumkin. Bu haqida Rossiya hukumati raisi o‘inbosari ma’lum qildi.
"Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqi yoqilg‘i mahsulotlarini ham ichiki foydalanuvchilarga ham uchinchi davlatlarga, jumladan Xitoyga yetkazib berishni muvofqilashtirishga xizmat qilishi mumkin", - deb izoh berdi ushub xabarga Aleksandr Novak.
Ma’lumot uchun, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida sovet Ittifqi davrida qurilgan gaz transport tizimi mavjud. Undan tashqari, O‘zbekiston 2007-yilda "Turkmaniston — O‘zbekiston — Qozog‘iston — Xitoy" xalqaro gaz transport magistraliga qo‘shilgan edi. Ushbu gaz quvuri dunyoning eng uzun gaz magistrali (7000km) hisoblanadi. 2014-yilda esa, "O‘zbekiston-Xitoy" gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
2022 yil boshida O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirdi va kunchiqar mamlakatga eng ko‘p gaz yetkazib beruvchi beshlikka kirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0