Koronavirus bilan kasallanishlar soni biroz pasaydi

© Sputnik / Ilya PitalevObrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu
Obrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Uch kunlik o‘sishdan so‘ng koronavirus bilan kasallanishlar soni biroz pasaydi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Ketma-ket uch kunlik o‘sishdan so‘ng O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni biroz pasaydi. Kecha, 28-noyabr kuni koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
1 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
10 nafari Namangan viloyatida,
23 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
80 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 26-noyabr kuni iyun oyidan beri mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari soni ilk bor 100 dan oshgandi.
Yangiliklar lentasi
0