Rossiya QK Zaporojye yo‘nalishida Ukraina armiyasining kuzatuv punktini yo‘q qildi

Obuna bo‘lish
“Akatsiya” o‘ziyurar qurilmasi ekipaji Ukraina armiyasining kuzatuv punktini yo‘q qildi.
“Akatsiya” o‘ziyurar qurilmasi ekipaji Zaporojye yo‘nalishida Ukraina harbiylarining kuzatuv punktini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Qurolli kuchlarining artilleriya bo‘linmasi qo‘mondoni ma’lum qildi.
“Razvedka bo‘linmasi dushmanning kuzatuv punktini aniqladi. Biz nishon haqida ma’lumot oldik va pozitsiyaga chiqdik. Razvedka nishon yakson qilinganini tasdiqladi”, - dedi artilleriya bo‘linmasi qo‘mondoni.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0