Qashqadaryoda brokkoli puresini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanChastnoe predpriyatie "Anzur natural food" pererabativayet brokkoli i otpravlyayet na eksport v svejem vide.
Chastnoe predpriyatie Anzur natural food pererabativayet brokkoli i otpravlyayet na eksport  v svejem vide. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayta ishlangan brokkoli eksportga yo‘naltirilyapti. Importolar orasida Rossiya ham bor.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Qashqadaryodagi “Anzur natural food” xususiy korxonasida brokkoli karamlari qayta ishlanib, barra va pure holatida eksportga yo‘naltirilmoqda. Importorlar orqasida Rossiya ham bor. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, buning uchun ushbu sabzavot xomashyo sifatida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan buyurtma asosida qabul qilinmoqda. Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 35 tonnani tashkil etadi, shundan 20 tonna fresh holda, 15 tonnasi esa muzlatilgan holda Yevropa va Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda. 2022-yil uchun Rossiya bilan 2 mln dollarlik shartnomalar tuzilgan.
Korxona hozirgi kunda brokkoli karamidan pure ishlab chiqarish bo‘yicha ham ishlarni boshlagan hamda ushbu tayyorlangan mahsulotlar ham Rossiya davlatiga shartnoma asosida eksport qilinmoqda.
2023 yilda korxona ishlab chiqarish quvvatini ikki baravar oshirishni reja qilgan.
Bugungi kunda bu yerda 280 nafar, shundan 210 nafari mavsumiy, 70 nafari doimiy ishchilar faoliyat yuritadi. Kelgusida ularni 500 nafarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, savdo aylanmasi bo‘yicha Rossiya O‘zbekistonning asosiy hamkori bo‘lib qolmoqda. Joriy yil boshida respublikadan Rossiyaga 346,8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. O‘zbekistondan eng ko‘p tovarlar xarid qiladigan 5 ta davlatga Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham kirdi.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 32,8 foizga oshib, 7 milliard 517 million dollarni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi. Rossiya respublikaning umumiy tashqi savdo aylanmasida 17,9% ulushi bilan O‘zbekistonning asosiy hamkor davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0