O‘zbekiston va Qozog‘iston ittifoqchilik munosabatlar to‘g‘risida shartnoma imzolashi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Kazaxstana.
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Shartnoma Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishi ta’kidlanmoqda.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston ittifoqchilik munosabatlar to‘g‘risida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi shartnoma loyihasini tayyorlagan.
Hujjat Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligini ittifoqchilik munosabatlari darajasiga olib chiqish maqsadida ishlab chiqilgan.
Unda oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar mexanizmini takomillashtirish, ikki tomonlama munosabatlar masalalari va o‘zaro manfaatli dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan muntazam fikr almashish va pozitsiyalarni kelishish ko‘zda tutilgan.
Shartnoma loyihasiga ko‘ra, tomonlar bir-biriga qarshi qaratilgan kuch ishlatish yoki tahdid qilishdan bosh tortish majburiyatini tasdiqlaydilar. Global va mintaqaviy miqyosda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, zamon chaqiriqlari va tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlik qiladilar.
Shartnoma loyihasida harbiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro muhofazasi, energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
“Shartnoma imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim voqea bo‘ladi va Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi”, - deyiladi hujjat loyihasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0