O‘zbekiston va Qozog‘iston Davlatlararo oliy kengash ta’sis etadi

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Kazaxstana
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Ikki davlat ittifoqchilik va strategik sheriklik ruhidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yangi kengash tuzishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Davlatlararo oliy kengash ta’sis etadi. Bu Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ishlab chiqqan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma loyihasida ko‘zda tutilgan.

“Qozog‘iston-O‘zbekistonning birodarlik, ittifoqchilik va strategik sheriklik ruhidagi ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida tomonlar Davlatlararo Oliy Kengashni ta’sis etishadi”, - deyilgan hujjatda.

Kengashga O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari rahbarlik qilishadi.
Davlatlararo oliy kengash erishilgan kelishuvlarning eng yuqori darajada bajarilishini nazorat qiluvchi davlatlararo organ hisoblanadi.
Kengash quyidagi vazifalarni bajaradi:
ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim siyosiy, iqtisodiy masalalarini ko‘rib chiqadi;
ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
asosiy mintaqaviy va global xalqaro masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli pozitsiyani belgilaydi.
Kengash majlislarida tomonlar hukumatlari va parlamentlari rahbarlari va a’zolari hamda taklif etilgan shaxslar ishtirok etishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston ittifoqchilik munosabatlar to‘g‘risida shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0