“Alibobo va qirq qaroqchi” filmi remiksi yaratiladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVo vremya syemok filma
Vo vremya syemok filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
1980 yilda ekran yuzini ko‘rgan o‘zbek rejissori Latif Fayziyev va hind rejissori Umesh Mehra hamkorligida suratga olingan "Alibobo va qirq qaroqchi" filmi eng sara asarlardan biri sanaladi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Hindistonlik rejissor Umesh Mehra mashhur kinoshedevr “Alibobo va qirq qaroqchi” filmi remiksini yaratish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Mazkur remiks zamonaviy talqinda bo‘lib, unda mahoratli o‘zbek va hind aktorlari ishtirok etishadi.
Shu bilan birga, Umesh Mehra o‘zbek va hind afsonalariga bag‘ishlangan “Sher va Gul” nomli yangi kinoloyiha ustida ish olib bormoqda. Mazkur loyiha tarixiy janrda bo‘lib, 2 qismli to‘liq badiiy film bo‘ladi.
O‘zbek rejissori Latif Fayziyev va hind rejissori Umesh Mehra hamkorligida suratga olingan "Alibobo va qirq qaroqchi" filmi 1980-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Film Hindiston, Toshkent, Samarqand va Dushanbeda suratga olingan. Unda o‘zbek, hind, rus, gruzin, qirg‘iz, arman aktorlari rol ijro qilgan.
Film Hindiston, Rossiya, Italiya, Fransiya, Vengriya, Polsha va deyarli boshqa barcha mamlakatlarda ham namoyish qilingan. Ammo eng ko‘p Hindiston va SSSRda mashhurlikka erishgan. 1980-yilda Sovet kinoprokatida 52,8 million tomoshabin bilan yetakchi filmlar orasida 5-o‘rinni egallagan.
Hindistonda film yarim yildan ko‘proq vaqt ekrandan tushmagan. Dushanbedagi Butunittifoq kinofestivali hamda 1981-yilda Belgraddagi kinofestivalda ham namoyish etilib, mukofotga loyiq topilgan.
Yangiliklar lentasi
0