Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiMaxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich
Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Prezident farmoni bilan Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov boshchiligida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur farmon matni o‘qib eshittirildi va yangi hokim jamoaga tanishtirildi, - deb xabar qilmoqda O‘zA.
A.Maxmudaliyev 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, 1995-yilda Samarqand Kooperativ institutini, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini bitirgan. Shu kunga qadar qadar Maxmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi. Shuningdek, u uzoq yillar Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Mirzayev G‘ofirjon G‘aniyevich Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0