Qosim-Jomart Toqayev rasman Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishdi

© Foto : Skrinshot video translyatsii Kasim-Jomart Tokayev
Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Qozog‘iston prezidentining inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston xalqiga qasamod qildi va rasman prezidentlik lavozimiga kirishdi. Bu haqida Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Davlat rahbari parlament deputatlari, Konstitutsiyaviy kengash a’zolari, Oliy sud sudalari, shuningdek, Qozog‘istonning sobiq prezidenti ishtirokida qasamod qabul qildi.

“Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, menga yuklangan Qozog‘iston prezidentining yuksak burchlarini vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman”, deya qayd etdi Qosim-Jomart Toqayev.

Shundan so‘ng, Markaziy saylov komissiyasi rahbari Toqayevga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalarni topshirdi.
Ma’lumot uchun, 20-noyabr kuni Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Muddatidan tashqari saylovlarda prezident 81,31 foiz ovoz oldi. Saylovlarda fuqarolarning 69,44 foizi ishtirok etgan.
Qozog‘iston prezidentining inauguratsiyasi saylovlardan olti kun o‘tib o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0