Britaniyada Zelenskiyning Rossiyaga qo‘ygan ultimatumiga keskin javob qaytarildi

© AFP 2023 / SERGEI SUPINSKYPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet vo vremya press-konferensii s prezidentom Shveysarii po itogam ix peregovorov v Kiyeve 20-oktabrya 2022 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet vo vremya press-konferensii s prezidentom Shveysarii po itogam ix peregovorov v Kiyeve 20-oktabrya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
Britaniyaning Daily Mail gazetasi o‘quvchilarining fikricha, Zelenskiy Ukraina va uning xalqini yo‘q qilmoqchi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning faqat Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududidan olib chiqib ketilishi mojaroning tugashiga “hech bo‘lmaganda umid” berishi mumkinligi haqidagi gaplari Britaniyaning Daily Mail gazetasi o‘quvchilari tomonidan tanqid qilindi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
"U Ukrainani va uning xalqini yo‘q qilmoqchi. AQSh va Buyuk Britaniyadan kuratorlar uning urushini oxirgi ukrainalik halok bo‘lgunga qadar moliyalashtirmoqda", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
“Zelenskiy Rossiya va NATOni o‘ynatib, uchinchi jahon urushini boshlab yuborishga urinmoqda”, deydi yana biri.
"Zelenskiy NATO yetakchilaridan trillionlab dollar oldi. Lekin bu yetarli emas, Ukrainani qayta tiklash uchun bundan ham ko‘proq kerak bo‘ladi. G‘ururingni yutib yubor, masxaraboz, Rossiyaga yon ber", deb maslahat berdi yana bir o‘quvchi.
"Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatish kerak. U Ukraina endi ultimatum qo‘yishga qodir emasligini tushunyaptimi?" deb so‘radi to‘rtinchi foydalanuvchi.
"Men bu past siyosatchining Rossiyaga qarshi boshlagan urushini moliyalashtirmoqchi emasman. “Gremmi”da mehmon sifatida chiqish uchun tanaffus oladigan lider. O‘ta g‘alati", deydi beshinchi sharhlovchi.
Yangiliklar lentasi
0