Soliq kodeksiga yer solig‘iga doir o‘zgartirishlar kiritilmoqda

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Soliq kodeksiga oshirilgan yer solig‘i stavkalarini bekor qiluvchi hamda elektrotexnika korxonalariga soliq imtiyozlari beruvchi o‘zgaritishlar kiritilmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Soliq kodeksiga aholi va tadbirkorlarga yengillik beruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqida yangi qonun loyihasida so‘z boradi.
Yangi qonun loyihasi amaldagi Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi:
1.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi.
2.
Shuningdek, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ining oshirilgan stavkasi qo‘llanilishi to‘xtatib turiladi.
3.
Shu bilan birga, elektrotexnika tarmoq korxonalarining ihtisoslashtirilgan markazlarini rivojlantirish maqsadida, vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilmoqda.
Qonun ishlab chiqaruvchilari ushbu kiritilayotgan o‘zgarishlar Respublika soliq tizimini takomillashtirish, biznes muhitini yaxshilash hamda aholini qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning mulkiy xuquqini ximoya qilish uchun xizmat qilishaga ishonch bildirishmoqda.
Yangi qonun loyihasining to‘liq matni bilan batafsil Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida tanishish mumkin. Uning muhokamasi 8-dekabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0