Rossiyaliklarning necha foizi Putinga ishonishi ma’lum bo‘ldi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
“Jamoatchilik fikri” jamg‘armasi rossiyaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasini e’lon qildi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rossiyaliklarning 75 foizi ishonadi, 77 foizi u o‘z lavozimida yaxshi ishlaydi, deb hisoblaydi. “Jamoatchilik fikri” jamg‘armasi so‘rovi natijalari shundan darak bermoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Respondentlarning aksariyati (75 foizi) Putinga ko‘proq ishonishlarini ma’lum qilgan. Aksincha, respondentlarning 14 foizi ko‘proq ishonmaydi. Yana 11foizi javob berishga qiynalgan.
Shu bilan birga, 77 foiz respondent Putin o‘z lavozimida yaxshi ishlayapti deb hisoblaydi. 10 foizi esa prezidentning ishini yomon deb baholagan.
“Jamoatchilik fikri” jamg‘armasi so‘rovi 18-20 noyabr kunlari Rossiyaning 53 ta hududidagi 104 ta aholi punktida 18 va undan katta yoshdagi 1,5 ming respondent o‘rtasida o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0