https://oz.sputniknews.uz/20221124/ozbekiston-va-sankt-peterburg-ortasida-talabalar-almashuv-dasturi-amalga-oshirilishi-mumkin-30214347.html
O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida talabalar almashuv dasturi amalga oshirilishi mumkin
O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida talabalar almashuv dasturi amalga oshirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg ijtimoiy tibbiyot instituti rektori talabalar va o‘qituvchilar almashuv dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor... 24.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-24T11:19+0500
2022-11-24T11:19+0500
2022-11-24T11:19+0500
jamiyat
ta’lim
sankt-peterburg
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30214478_0:52:1000:615_1920x0_80_0_0_9c34ed614bb1dcad8a245c7091464760.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida talabalar almashuv dasturi amalga oshirilishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Bosh konsuli va mamlakatning Sankt-Peterburgdagi elchixonasi vakillarining Sankt-Peterburg tibbiyot-ijtimoiy institutiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.Uchrashuvda ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari va bir qator qo‘shma tadbirlar o‘tkazish belgilab olindi.Tashrifning rasmiy qismidan so‘ng institutda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba va akademik almashuvlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.Sankt-Peterburg ijtimoiy tibbiyot instituti rektori Sergey Malsev sohaga oid oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashuv dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.Shuningdek, institutdagi simulyatsiya markazi va Stomatologiya ta’lim markazi, anatomik muzey va institutning o‘quv xonalari fondiga qisqa muddatli ekskursiya tashkil etildi.Ekskursiya davomida Bosh konsul institutning moddiy-texnik bazasining yuqori darajasi va ta’lim olish uchun eng qulay sharoitlar mavjudligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusidagi samarali hamkorlik do‘st xalqlarning madaniy aloqalarini mustahkamlaydi va malakali mutaxassislar tayyorlashda yangi ufqlarni ochadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30214478_55:0:945:667_1920x0_80_0_0_5600090fc503580cba9bdec126d7383f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ta’lim, sankt-peterburg
jamiyat, ta’lim, sankt-peterburg
O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida talabalar almashuv dasturi amalga oshirilishi mumkin
Sankt-Peterburg ijtimoiy tibbiyot instituti rektori talabalar va o‘qituvchilar almashuv dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida talabalar almashuv dasturi amalga oshirilishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Bosh konsuli va mamlakatning Sankt-Peterburgdagi elchixonasi vakillarining Sankt-Peterburg tibbiyot-ijtimoiy institutiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari va bir qator qo‘shma tadbirlar o‘tkazish belgilab olindi.
Tashrifning rasmiy qismidan so‘ng institutda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba va akademik almashuvlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Sankt-Peterburg ijtimoiy tibbiyot instituti rektori Sergey Malsev sohaga oid oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashuv dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum
qildi.Shuningdek, institutdagi simulyatsiya markazi va Stomatologiya ta’lim markazi, anatomik muzey va institutning o‘quv xonalari fondiga qisqa muddatli ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida Bosh konsul institutning moddiy-texnik bazasining yuqori darajasi va ta’lim olish uchun eng qulay sharoitlar mavjudligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusidagi samarali hamkorlik do‘st xalqlarning madaniy aloqalarini mustahkamlaydi va malakali mutaxassislar tayyorlashda yangi ufqlarni ochadi.