Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish uchun qanday yengilliklar berilishi ma’lum bo‘ldi

© Depositphotos / MiflippoElektromobil na podzaradke
Elektromobil na podzaradke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elektromobillarini sotib olish uchun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismini davlat qoplab berishi ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish, quvvatlash stansiyalarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ushbu takliflar muhokama qilindi.
Jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillarni utilizatsiya yig‘imidan, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, jihozlari, xomashyo materiallarini bojxona bojidan ozod etish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni to‘liq yo‘lga qo‘yilguncha investorlarga muayan miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston elektromobillarini sotib olish uchun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda. 2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi. Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr kuni prezident elektromobil tarmog‘ini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishgan edi. Unda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish uchun qator takliflar ishlab chiqish topshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0