Olis hududlar ham 5G tarmog‘iga ulanadi

© AP Photo / Francisco Seco5G set
5G set - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
"O‘zbektelekom" aholini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekistonning olis hududlariga 5G standartidagi yangi baza stansiyalari o‘rnatiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbektelekom" AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, olis hududlarni ham internet tarmog‘i bilan ma’minlash uchun mamlakat bo‘ylab 3G/4G/ standartidagi 2 255 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 5G standartidagi 388 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatish va 3 216 ta 3G/4G baza stansiyalarini kengaytirish ham kutilmoqda.
“Mazkur loyihaning 2-bosqichida 795 ta 3G/4G va 325 ta yangi 5G standartidagi tayanch stansiyalari o‘rnatish hamda 1 495 ta 3G/4G baza stansiyalarini yangilash ishlari olib boriladi”, deydi Temur Mamajonov.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, Samarqand turizm markazi 5G tarmog‘iga ulangan.
Shuningdek, 2022-yil yakuniga qadar xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 3 200 Gigabit/sekundgacha kengaytirish rejalashtirilgan. Qolaversa, O‘zbekistondagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan 2026-yilga qadar to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0