AP “Polshada Rossiya raketalari qulagani” haqida maqola yozgan jurnalistni ishdan bo‘shatdi

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishFlag Polshi
Flag Polshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Jurnalist 15-noyabrdagi maqolasida ismi ochiqlanmagan Amerika razvedkasining yuqori lavozimli xodimiga tayangan, biroq ertasi kuni yangilik o‘chirib tashlangan.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Amerikaning Associated Press (AP) agentligi o‘tgan hafta go‘yoki “Rossiya raketalari NATOga a’zo Polsha chegarasini kechib o‘tgani va natijada ikki kishi halok bo‘lgani” haqida maqola yozgan jurnalistni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Daily Beast” nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, jurnalist 15-noyabrdagi maqolasida ismi ochiqlanmagan Amerika razvedkasining yuqori lavozimli xodimiga tayangan. Ko‘p internet nashrlar va televideniyedagi yangiliklar dasturlari “dunyoning katta qismini qo‘rqitib”, undan iqtibos keltirishgan.
16 noyabr kuni agentlik tuzatish chop qilib, yangilikni o‘chirib tashlagan. Izohda AP “Rossiya raketalari” haqida yanglish xabar qilganini keltirilgan. Agentlik raketalar “hoynahoy Ukraina tomonidan uchirilganini” tan olgan.
“Daily Beast” ma’lumotlariga ko‘ra, 21-noyabr kuni AP maqolaning birinchi muallifi Jeyms Laportani ishdan bo‘shatgan. Shu bilan birga uning hammuallifi Jon Lester agentlikda ishlashda davom etmoqda.
15 noyabr kuni Ukraina bilan chegarada Polsha janubidagi Pshevoduv aholi punktida raketa qulab tushdi, buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Ukraina prezidenti Zelenskiy bunda Rossiyani ayblab, G‘arbdan “harakatini boshlashni” talab qildi.
Ammo Polsha prezidenti Andjey Duda respublika ma’lumotlariga ko‘ra, qulagan raketa Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga tegishli ekanini ma’lum qildi. AQSh Davlat departamenti Polsha hukumatining xulosalari aniqligiga to‘liq ishonch bildirdi. Rossiya TIV Kiyevning voqeaga oid bayonotlarini qo‘pol provokatsiya deb atadi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Ukrainaning S-300 havo havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga tegishli.

Mavzuga oid:

Bayden Zelenskiyning Polshada qulagan raketa to‘g‘risidagi bayonotini rad etdi
Rossiya TIV vakili Polshadan uzr so‘rashni talab qildi
Peskov: Polshadagi hodisaga Moskvaning aloqasi yo‘q
Polshadagi voqea kim dunyoni urushga undayotganini ko‘rsatdi – Sluskiy
Ukraina Rossiya va NATO o‘rtasida to‘qnashuvni keltirib chiqarishni orzu qilyapti – Polyanskiy
Yangiliklar lentasi
0