Toshkentda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi o‘tkaziladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaCharos Kayumova zavoyevala serebranuyu medal na chempionate Azii po taekvondo WT v Yujnoy Koree.
Charos Kayumova zavoyevala serebranuyu medal na chempionate Azii po taekvondo WT v Yujnoy Koree.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Kubogida terma jamoa a’zolari yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazilib, taekvondo ITF bo‘yicha Jahon Kubogi va Xalqaro turnir uchun sportchilar saralanib olinadi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda 24-27-noyabr kunlari taekvondo ITF bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Sportchilar “Yunusobod” sport majmuasida taekvondo ITFning shaxsiy massogi, jamoaviy massogi va shaxsiy tul, seldefens yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahslashishadi.
O‘zbekiston Kubogida terma jamoa a’zolari yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazilib, taekvondo ITF bo‘yicha 8-12-dekabr kunlari Minsk shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon Kubogi va 2023-yil aprel oyida Amerikaning Nevada shtati Las-Vegasda Xalqaro turnir uchun sportchilar saralanib olinadi.
Ushbu musobaqada 3000 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0