Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Sport mashg‘ulotlaridan so‘ng qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish foydali

© Pexelspravilnoe pitanie
pravilnoe pitanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Oqsilli va uglevodli mahsulotlar eng foydali, fast fud, yog‘li mahsulotlar va sneklar - befoyda va zararli. Sport murabbiyi tavsiyalari bilan batafsil maqolamizda tanishing.
Chiroyli va sog‘lom qomatga erishishda jismoniy mashqlardan so‘ng iste’mol qilinadigan mahsulotlar katta ahamiyatga ega. Sport murabbiyi Vladimir Kuzmin mashg‘ulotlardan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanish haqida so‘zlab berdi.
Sportchilarning ta’kidlashlaricha, mashg‘ulotlar turidan qat’iy nazar, organizmni uglevodorodlarga to‘yintirish kerak.
“Anobolik oyna” atamasi tananing jismoniy faolligidan so‘ng oqsillar, yog‘lar va uglevodorodlarni tezroq hazm qiladigan muddatni bildiradi.
Soddaroq aytganda, bu mashg‘ulotlardan keyingi yengil tamaddi uchun qulay fursat. Bu mushaklarning buzilishini oldini oladi va moddalar almashinuvini meyorlashtiradi.
Sport mashqlaridan so‘ng ovqatlanish zarur, chunki mashqlar payti organizmning yo‘qotgan quvvatini to‘ldirish lozim. Mashqlardan so‘ng 30-60 daqiqa keyin yengil tamaddi qilish ayni muddao.

Xo‘sh, qaysi mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?

Bu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq. Bu ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yoki mushaklarni chiniqtirish bo‘lishi mumkin. Biroq, har bir shug‘ullanuvchi uchun zarur mahsulotlar:
yog‘siz go‘sht
baliq
dengiz mahsulotlari
tuxum oqi (chunki tuxum sarig‘ida yog‘ va xolesterin ko‘p)
guruch, grechka, suli
qora non
kraxmalsiz sabzavotlar - karam, pomidor, bodring, salat bargi
Uzoq davom etadigan mashg‘ulotlardan so‘ng iste’mol qilish uchun ideal mahsulot makaron hisoblanadi.

Mumkin emas:

fast-fud
yuqori kaloriyali pishiriqlar
kolbasa, sosiska
chips, qotgan non donalari, sneklar
shirin gazlangan ichimliklar, paket o‘ramidagi sharbatlar
shokolad
energetik va spirtli ichimliklar.
Ushbu mahsulotlar mushaklarni o‘stirmaydi, chunki tarkibida ortiqcha shakar, zararli yog‘lar bor.
Mashg‘ulotlar payti ichimliklar ichish ham katta ahamiyatga ega. Ideal holatda bu hech qanday qo‘shimchalarsiz, oddiy ichimlik suvi bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0