Qasim-Jomart Toqayev saylovchilarning 85 foizdan ortiq ovozini qo‘lga kiritdi - tafsilotlar

© Foto : ROShTokayev v respublikanskom obshestvennom shtabe svoix storonnikov
Tokayev v respublikanskom obshestvennom shtabe svoix storonnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida 69,43 foiz fuqaro ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev saylovchilarning 85 foizdan ortiq ovozini qo‘lga kiritdi. Bugun Markaziy saylov komissiyasi saylovlarning dastlabki natijalarini sarhisob qiladi, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonda 11,95 million saylovchi bor. Ularning 69,43 foizi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.
Respublika bo‘yicha 10 ming 101ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi, shu jumladan xorijda 53 mamlakatda 68ta saylov uchastkasi ochildi.
Saylovchilarning ishtiroki bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jetisu viloyati (81,42%) va Qizilo‘rda viloyatida (81,07 %) qayd etildi. Mazkur ko‘rsatgich Ostonada 48,6% ni, Olmaotada esa 28,72%ga teng bo‘ldi. Aksariyat hududlarda saylovchilarning ishtiroki 70 foizdan oshdi.
Saylovda jami 641 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiya qilingan. Saylovlarni kuzatish bo‘yicha eng yirik tashkilotlardan biri MDH mamlakatlari missiyasi bo‘lib, uning tarkibiga MDHning sakkizta davlatidan 174 nafar kuzatuvchi kiradi.
Ular Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, KXShT Parlament Assambleyasi, Belorus va Rossiya Ittifoqi parlament assambleyasi, shuningdek MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 7:00da boshlanib, 20:00ga qadar davom etdi.
Yangiliklar lentasi
0