Nazarboyev Toqayevni g‘alaba bilan tabrikladi

© Vladislav VodnevSeremoniya peredachi polnomochiy prezidenta Kazaxstana K. Tokayevu
Seremoniya peredachi polnomochiy prezidenta Kazaxstana K. Tokayevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Nazarboyev Toqayevning navbatdagi muddatga saylangani xalqning unga ishonchi ifodasi ekanini aytdi
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev amaldagi davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayevni navbatdan tashqari prezidentlik saylovidagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi. Bu haqda RIA Novosti sobiq prezident matbuot xizmatiga asoslanib, xabar qildi.

“Sizni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman! Bu g‘alaba Sizning davlat rahbari sifatidagi yuksak nufuzingizdan va amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlaringiz va yangi tashabbuslaringizga xalqning so‘nmas ishonchidan dalolat beradi hamda davlatimiz mustaqilligi xavf ostida qolgan xavotirli soatlarda ko‘rsatgan matonat, qat’iyat va donoligingiz e’tirofining so‘zsiz isbotidir”, - deyiladi Nazarboyevning tabrigida.

Shuningdek, u Toqayevga har doim xalqning umumiy qo‘llab-quvvatlashi va hurmatidan bahramand bo‘lishini tiladi.
Markaziy saylov komissiyasi bugun, 21-noyabr kuni saylovlarning dastlabki natijalarini sarhisobini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 80 foizdan ortiq ovoz olgan amaldagi prezident Qasim-Jomart Toqayev g‘alaba qozondi.
Navbatdan tashqari prezident saylovida mavjud 11,95 million saylovchining 69,43 foizi ishtirok etdi. Saylovchilarning ishtiroki bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jetisu viloyati (81,42%) va Qizilo‘rda viloyatida (81,07 %) qayd etildi. Mazkur ko‘rsatgich Ostonada 48,6% ni, Olmaotada esa 28,72%ga teng bo‘ldi. Aksariyat hududlarda saylovchilarning ishtiroki 70 foizdan oshdi.
Yangiliklar lentasi
0