NATO bosh kotibi Rossiya bilan Ukrainani adashtirib yubordi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar NATO Yens Stoltenberg
Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Yens Stoltenberg anjuman chog‘ida “Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaslikka” chaqirdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Madriddagi anjuman chog‘ida adashib ketdi va “Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaslikka” chaqirdi.
“Xitoy va Rossiya sherikchiligining chegarasi yo‘q. Aytishim zarurki, biz Xitoy Ukrainaga harbiy yordam bermagani faktini olqishlaymiz. Ukrainani hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi kerak. Uzr, Rossiyani hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi kerak”, - dedi u.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Maxsus operatsiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.
Yangiliklar lentasi
0