Indoneziyada 5,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. O‘nlab qurbonlar bor

© Getty ImagesSeysmograf. Zemletrasenie
Seysmograf. Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Tabiiy ofatlardan aziyat chekib keladigan Indoneziyada bu safar 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi, minglab uylar zarar ko‘rdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Indoneziyada bugun, 21-noyabr kuni sodir bo‘lgan 5,6 balli zilzila oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tempo.co sayti tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf etish agentligi vakiliga tayanib, xabar berdi.
“O‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Yuzlab, balki minglab uylar zarar ko‘rgan. Hozirgacha 44 kishi halok bo‘ldi”, - dedi G‘arbiy Yavadagi Chianjur shahri mahalliy ma’muriyati vakili.
Yaqinda episentri aynan shu shaharda bo‘lgan 5,4 magnitudali zilzila kuzatilgan edi.
Indoneziya “Olov halqasi”da joylashgani sababli tez-tez zilzilalar, vulqon otilishi va sunamilardan aziyat chekadi. Bu Tinch okeanini o‘rab turgan 40 ming kilometr uzunlikdagi vulqonlar va tektonik yoriqlar aylanasidir. Aynan “Olov halqasi”da sayyoradagi insoniyatga ma’lum bo‘lgan bir yarim mingga yaqin vulqonlarning deyarli 90 foizi joylashgan. Yer yuzidagi barcha zilzilalarning 90 foizi ku yerda sodir bo‘ladi.
2022 yil fevral oyida Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra shahrida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 460 dan ortiq kishi jarohatlandi.
2021 yil yanvar oyida Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 6500 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0