Toshkentda rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning biznes missiyasi boshlandi

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya kompaniyalari vakillari Bekobod, Olmaliqdagi metallurgiya kombinatlariga, shuningdek, Toshkentdagi texnoparkga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Toshkentda rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning Xalqaro biznes missiyasi boshlandi. Respublikaga Rossiyaning tog‘-kon, metallurgiya va yuk tashish uskunalarini ishlab chiqaruvchi 15 ta korxonasi vakillari keldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Yalpi majlisda ishtirokchilar O‘zbekiston bozoriga kirishning o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish va yuritish tartibi, kon-metallurgiya sanoatida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, cheklovlar ostida eksport qilish istiqbollarini muhokama qildi.
“Rossiya eksport markazi”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pavel Buxanov biznes missiyasining vazifalaridan biri ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish ekanligini ta’kidladi.
“Gap kooperatsiya zanjirlarini ko‘proq qurish, nafaqat savdo, balki sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish haqida ketapti”, dedi Pavel Buxanov Sputnik muxbiriga.
Rossiya kompaniyalari vakillari o‘zbekistonlik hamkasblar bilan B2B formatidagi uchrashuvlardan tashqari, Bekobod, Olmaliqdagi metallurgiya kombinatlariga, shuningdek, Toshkentdagi texnoparkga tashrif buyuradi.

“Biz kutamizki, bu shunchaki o‘rganish tashrifi bo‘lmaydi, kompaniyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishga yoki O‘zbekiston hududida mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga olib keladigan batafsil muzokaralar o‘tkazadi”, deya Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sessiyada O‘zbekistonning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston konchilar uyushmasi kabi yirik sanoat tashkilotlari, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0