Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Fransii Emmanuel Makron
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Fransii Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentning Fransiyaga tashrifi doirasida parlament vakillari va ishbilarmonlar bilan uchrashuv, Parijdan O‘zbekiston madaniyati namunalari ko‘rgazmasi va biznes forum bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya grezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturida Parij shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yig‘inida uchrashuv hamda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va ta’lim almashinuvlarini davom ettirish masalalari o‘rin olgan.
Sammit yakunida o‘ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari to‘plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi.
Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning "MEDEF" tadbirkorlar harakati ko‘magi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston - Fransiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, bu Shavkat Mirziyovning Fransiyaga amalga oshirgan ikkinchi tashrifi bo‘ladi. Prezidentlik lavozimida ilk tashrif 2018-yilning 10-oktabrida amalga oshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0