Senat Qirg‘iziston bilan chegara shartnomalarini ma’qulladi

© Oliy Majlis SenatiSenatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi
Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Senatorlar Qirg‘iziston bilan davlat chegarasi hamda "Kampirobod" suv omboridan birgalikda foydalanish haqidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilishdi.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun O‘zbkiston Oliy Majlis Senatining o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi muhim ikki tomonlama shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni muhokama qilishdi va ma’qullashdi.
Xususan quyidagi qonunlarni:
“O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”;
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”.
Muhokamada tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimliklari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ekspertlar ham ishtirok etdi.
Ular davlat chegarasi bilan bog‘liq nizoli masalalarning hal etilishi O‘zbekiston milliy xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini, chegaradagi nizolarning oldini olish va noqonuniy savdoga samarali qarshi kurashish imkonini berishini ta’kidlashdi.
Shuningdek, Andijon (Kampirobod) suv omboridan birgalikda foydalanish minglab fermer xo‘jaliklarini suv bilan uzluksiz ta’minlashda ishonchli kafolatlar yaratishi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, mazkur hujjatlarning qabul qilinishi transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va o‘zaro manfaatli foydalanishga xizmat qilishi, ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga imkon berishi ham alohida qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0