Putin kelasi hafta Armanistonda KXShT sammitida ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, 23-noyabr kuni Yerevanda KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida ishtirok etishni va Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“KXShT sammiti uchun Armanistonga sayohat bo‘ladi, Rossiya-Kuba muzokaralari bo‘ladi”, dedi Kreml matbuot kotibi.
Kubaning Rossiyadagi elchisi Xulio Antonio Garmendiya Penya chorshanba kuni Dias-Kanel yaqin kelajakda Moskvaga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Tashrif dasturida Putin bilan uchrashuvdan tashqari Kubaning sobiq prezidenti Fidel Kastro haykali ochilishi ham bor.
Moskva shahar dumasining madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi raisi Yevgeniy Gerasimovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, yodgorlikning ochilish marosimi 22-noyabrga belgilangan.
23 noyabr kuni Yerevanda KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0