O‘zbek taekvondosi tarixida ilk bor Svetlana Osipova ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi

© O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Svetlana Osipova
Svetlana Osipova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Taekvondo bo‘yicha Meksikada o‘tayotgan Jahon chempionatida Svetlana Osipova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etdi va Jahon chempioniga aylandi.
Dastlab AQSh vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi.
“O‘zbek taekvondosi tarixida bugungi kungacha hech kim ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lmagandi!”, deyiladi xabarda
Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sportchilari Nikita Rafalovich (-87 kg) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medallariga ega chiqishgandi.
Yangiliklar lentasi
0